

Bu haqda futbol insayderi Nikolo Skira yozmoqda.
Jurnalist hujumchi xizmatiga qiziquvchi klublar guruhini ajratib ko'rsatdi. Bular La Liganing "Deportivo" va "Xetafe" jamoalari, shuningdek MLSning "Atlanta Yunayted" jamoasidir.
Bundan tashqari, Skiraning qayd etishicha, Morata Saudiya Arabistoni, Meksika yoki Qatar chempionatiga o'tishi mumkin. Ammo, hujumchiga qiziqish bildirgan ushbu mamlakatlarning aniq klublarini keltirmadi.
Morata o'tgan mavsumda "Komo" safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta assist qayd etgan.



