"Real" 2027 yilda Pasni qaytarishiga ishonchi komil. Madridliklar "Komo"dan yarim himoyachini 80 million evroga qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi

28 iyun 2026, 12:26
"Real" Nikoning kelajagi kelasi yozda Ispaniyaga qaytishi bilan bog'liq ekaniga ishonchi komil.

Avvalroq "Komo" Madrid klubi bilan yarim himoyachining transferini 60 million evroga kelishib olgan edi. Bitim kelasi haftada rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga, "Real" 2027 yilda argentinalikni 80 million evroga sotib olish huquqini saqlab qoladi.

Manbaga ko'ra, dastlab "Real" Pasni 2026/27-yilgi mavsumda jamoa tarkibiga qo'shilishini kutgan edi. Biroq, futbolchida Joze Mourinyu jamoasidagi roli borasida shubhalar paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan 21 yoshli futbolchi mavsum yakunida Chempionlar ligasiga ko'tarilgan "Komo"da faoliyatini davom ettirishni maqul ko'rdi. "Madrid" futbolchini qo'llab-quvvatladi.

Eslatib o'tamiz, shu oy boshida "Real" "Komo"dan Pasni 9 million evroga qaytarib sotib olish imkoniyatini faollashtirgan edi. Futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 35 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As