“Shaxsiy hayotga daxl qilishdi”: Messi otasining dafn marosimidagi xatti-harakatlar sababli OAVni sudga beradi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2026, 14:30
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi otasi Xorxe Messi bilan xayrlashuv marosimida oilasining shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini buzgan deb hisoblab, Argentina ommaviy axborot vositalariga nisbatan huquqiy choralar ko'rmoqchi.

Bu haqda argentinalik jurnalist Fran Kasaretto X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Jurnalist o'z postida shunday yozgan: “Messi Xorxe Messi bilan xayrlashuv paytida oilaning shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan Argentina OAVga qarshi qonuniy choralar ko'rishini tasdiqladi”.

3.jpg

Eslatib o'tamiz, avvalroq Messining otasi bilan xayrlashuv marosimi kecha, 9 avgust kuni bo'lib o'tgani haqida xabar berilgandi. Dafn marosimi yuqori xavfsizlik choralari va ko'plab soqchilar kuzatuvi ostida o'tkazilgan. Bir qator manbalarga ko'ra, marosimda faqatgina futbolchining oila a'zolari ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Fran_Casaretto_