

"Komo" himoyachining transferini e'lon qildi. Shartnoma 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" ingliz futbolchisi uchun 30 million evro oladi, yana 6 million evro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Shuningdek, Italiya klubi Chalobaning qayta sotilishi holatida pulning bir qismini londonliklarga o'tkazadi.




