"Al Hussayn" ustozi: "Paxtakor"ning kuchini bilamiz"

Абдулвосит Бектемиров
10 avg 2026, 15:15
Elit OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hussayn" uchrashuvidan oldin mehmonlar ustozi Ahmad Hayil Ibrohim va futbolchi Mahmud Al Mardi o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Barchaga xayrli kun. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga Iordaniya futboli sharafini himoya qilamiz. "Paxtakor" yaxshi jamoa, ularni hurmat qilamiz. Ertangi o'yinga tayyormiz. Bir nechta o'yinchilarimiz bilan muammo bor. Ular yaqindagina jamoa safiga kelib qo'shildi. Iordaniya chempionati ham hali boshlangani yo'q. Ertaga Iordaniya futboli sharafini munosib himoya qilib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deya gap boshladi jamoa bosh murabbiyi Ahmad Hayil Ibrohim.

1000141012.jpeg



"Bunday o'yinlar o'ta muhim bo'ladi. Agar ertaga g'alaba qozonsak, Elit Chempionlar Ligasidagi birinchi iordan jamoasi bo'lamiz. "Paxtakor" mavsumning o'rtasida, biz esa endi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Lekin shunga qaramay borimizni beramiz", - dedi Mahmud Al Mardi.

1000141007.jpeg



- Brayan Riaskos "Paxtakor" sobiq futbolchisi. U yaqindagina "Al Hussayn" futbolchisiga aylandi. U haqda qanday fikrdasiz? Ertangi o'yindan oldin Riaskosda o'zgacha ishtiyoq bo'ladi deb o'ylaysizmi?
- Biz ikki hafta oldin u bilan shartnoma imzoladik. Jamoaviy mashg'ulotlarda esa bir haftadan buyon ishtirok etyapti. Uning o'yin jihatlari menga maqul keldi. Shuning Riaskosni o'z safimizga qo'shib oldik. Riaskos jamoaga ko'p yordam berishiga shubha qilmayman.

- OCHLning eski formatida saralash bosqich o'yinlari fevral oyida o'tkazilar edi. O'zbekistonda esa u vaqti chempionat hali boshlanmagan bo'lar edi. Endi esa o'zgartirilgan format Iordaniya klublari uchun biroz noqulay. "Al Hussayn" so'nggi uchrashuvni uch oy oldin o'tkazgan edi. Jamoa uzoq vaqt davomida o'yin amaliyotisiz qolib ketgani ertaga qanchalik pand berishi mumkin?
- To'g'ri, biz so'nggi uchrashuvni 16-may kuni o'tkazgan edik. Biz yig'inni iyun oyida boshlagan edik. Hozirgi kunga qadar 3-4ta nazorat o'yinida ishtirok etdik. Olti haftadan buyon tayyorgarlik ko'rib kelyapmiz. Ertaga hammasi yaxshi bo'lib deb o'ylayman.

1000141016.jpeg



- "Al Hussayn" 10 nafarga yaqin yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Yangi futbolchilar hali to'liq jamoaga qo'shilib keta olmaganligi ertangi uchrashuvda qanchalik muammo bo'lishi mumkin?
- Biz so'nggi hafta davomida yangi futbolchilarni to'liq yig'ib oldik. Ikki-uch haftadan so'ng futbolchilar to'liq jamoaga kirishib ketadi deb o'ylayman. Yangi futbolchilar ham ertangi o'yinda jamoamiz ijobiy natija qayd etishiga hissa qo'shishiga ishonaman.

- O'tgan mavsumda "Al Hussayn" ikki marotaba "Nasaf"ga qarshi o'ynagan edi. "Nasaf"ga qarshi o'yinlar va ertangi uchrashuv o'rtasida jamoada nimalar o'zgardi deb o'ylaysiz?
- "Paxtakor"ning kuchini bilamiz. Ertaga yaxshi o'yin namoyish etib, Elit OCHLdagi birinchi iordan jamoasi bo'lamiz degan umiddaman.

- "Paxtakor"ning qaysi futbolchisini alohida ta'kidlab o'tgan bo'lar edingiz?
- Bashar Resan juda iqtidorli o'yinchi. Shuningdek, hujumchi Stifen Chinedu ham maydonda ancha xavfli.

1000141020.jpeg

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia