Kamoliddin Tojiev: "Hakamlar "Paxtakor" zarariga istagancha noto'g'ri qarorlar chiqarishmoqda"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2026, 23:49
"Navbahor" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 24-tur bahsidan so'ng "sherlar" ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Qiziqarli o'yin bo'ldi va og'ir bahs bo'lishini kutgandik. Mavsum davomida hakamlar haqida gapirmadim, ammo bugun ularning ikki qarori haqida aytishim lozim. Bizning darvozaga qo'yilgan penalti va raqib jarima maydonida oxirgi daqiqalarda Flamarion bilan bog'liq holat. "Paxtakor" zarariga hakamlar istagancha noto'g'ri qarorlar chiqarishmoqda. Bugun yutishimizga berishmadi. Hakam Nasrullaevga raqib yonida xavfli yugurding deb qarorini izohlabdi. Nima deyishgayam hayronman” - dedi Tojiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати