Kerrik ten Xagning so'zlari haqida: "Bu uning fikri, MYUda toksik muhit yo'q"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2026, 17:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaning sobiq murabbiyi Erik ten Xagning so'zlari fonida o'z mavqei haqida fikr bildirdi.

Avvalroq niderlandiyalik mutaxassis shunday degan edi: "MYU yana g'alaba qozonishini juda xohlayman, ammo buning uchun kompetentli rahbariyat va strategiya kerak. Murabbiyni iste'foga chiqarish muammoni hal qilmaydi, bu emociyalarga berilib qabul qilingan qaror". Erik shuningdek, klub muhim vadani bajarmaganini va "o'yinchilarga vakolat berib, toksik madaniyatni qo'llab-quvvatlashayotganini" takidlagan edi.

- Klub rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlashni his qilyapsizmi?

- Ha, albatta. Nima uchun his qilmasligim kerak? Men o'z o'rnimdaman, klubdagi barcha bilan yaxshi, haqiqatan ham juda yaxshi munosabatdaman. Bu borada hech qanday muammo yoki qiyinchilik yo'q. Bizning vazifamiz - o'yinlarda g'alaba qozonish, biz aynan shunga intilmoqdamiz.

Manga hech qanday ishonch bildiruvchi kafolatlar kerak emas. Hammasi shundoq ham tushunarli. Men o'z rolimni va majburiyatlarimni bilaman. Ishlar yaxshi ketayotganda yoki nimanidir yaxshilash kerak bo'lganda, kimdir bu haqda menga aytishi yoki ko'rsatib berishiga hojat yo'q. Men buni o'zim ham juda yaxshi tushunaman. Ishlarning asl holatini anglab turibman va bu borada menda hech qanday muammo yo'q. Bu shunchaki [ten Xagning] shaxsiy fikri.

Bizda [sport direktori] Djeyson Uilkoks, [ijrochi direktor] Omar Berrada, xo'jayinlar va, albatta, o'yinchilar bilan ochiqcha suhbatlar bo'lib turadi. Sirtdan hammamiz bir yo'nalishda harakat qilishimiz juda muhim.

- Ten Xag klubda toksik muhit hukm surganini aytdi.

- Yo'q, unday emas edi. Men qaytganimdan beri - aniq unday emas. O'yinchilar, murabbiylar shtabi - hamma bor kuchini berib ishlamoqda.

Yaxshi o'yinlar bo'ldi, yaxshiroq o'ynashimiz mumkin bo'lgan va ustida ishlaydigan jihatlarimiz bor uchrashuvlar ham bo'ldi; xatolar ham uchrab turdi. Futbol shunday, bu o'yinni yaxshilashga qaratilgan jarayonning bir qismi.

Ammo shuni aytishim kerakki: agar sizda haqiqatan ham jipslashgan jamoa bo'lmasa - va men hozir mahorat darajasi haqida emas, balki yigitlar o'tgan dam olish kunlarida o'zlarini qanday ko'rsatishgani haqida gapiryapman - natijaga erishib bo'lmasdi. Jamoada juda katta birdamlik, yaxshiroq bo'lishga bo'lgan ulkan ishtiyoq va bir-biri uchun maydonda bor kuchini berishga tayyorlik his qilinib turibdi.

Shu sababli bu borada, jamoaga kelsak, men, shubhasiz, qanchalik jipslashganimizdan juda mamnunman, - dedi Kerrik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News