"Fenerbaxche" Shkrinyarning to'liq transferi ustida ishlamoqda

Administrator
1 iyul 2025
Turk klubi ishga jiddiy kirishgan.

"Fenerbaxche" yanvardan beri turk jamoasida ijara asosida o'ynayotgan "Pari Sen-Jermen" himoyachisi Milan Shkrinyarning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Manbaning takidlashicha, turk jamoasi ushbu transfer ustida jiddiy ishlamoqda va uning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.

O'tgan mavsumda futbolchi 23 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. "Fenerbaxche" 2024/2025-yilgi mavsum yakuniga ko'ra Turkiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi, mamlakat kubogining chorak finaligacha yetib bordi va Yevropa Ligasida 1/8 final bosqichida to'xtadi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano