Elit OCHL. "Al Ahli"da g'alaba, "Al Ittihod" esa mag'lub bo'ldi

18 apr 2026, 07:30
Saudiya Arabistonida markazlashgan holda Elit OCHL musobaqasi davom etmoqda.

Tunda chorak finalning yana ikkita bahsi yakunlandi. Turnirning amaldagi chempioni "Al Ahli" "Johor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Saudiyaliklar endi final yo'llanmasi uchun "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, kecha "Al Ittihod" Yaponiyaning "Machida" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Matida" jamoasi yarim finalda "Buriram Yunayted" va "Shabab Al Ahli" o'rtasidagi uchrashuv g'olibiga qarshi bahs olib boradi.

Elit OCHL. Chorak final.
Al Ahli - Johor 2:1
Gollar: Kessie 45+3, Galeno 54 – Majrashi 19 avtogol


Machida Zelviya - Al Ittihod 1:0
Gol: Yengi 31


Manba: Championat.asia