🔥 Rasman: O'zbekiston xalqaro maydonda qo'shimcha kvotaga ega bo'ldi

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 19:05
Biroz avval Jidda shahrid OFK Professional futbol qo'mitasi yig'ilishi yakuniga etdi.

Unda yangi mavsum uchun kvotalar taqsimoti tasdiqlandi. O'zbekistonga qo'shimcha bitta kvota berildi.

Endi O'zbekiston chempioni "Neftchi" klubi to'g'ridan-to'g'ri Elit OCHL asosiy bosqichida ishtirok etadi. O'zbekiston Kubogi sohibi "Paxtakor" Elit OCHL saralash bosqichida qatnashadi. Superliga bronza medali sohibi "Nasaf" esa OCHL 2 guruh bosqichida ishtirok etadi.

Ma'lumot o'rnida, Professional futbol qo'mitasi rahbari "Manchester Yunayted" va Koreya terma jamoasi sobiq futbolchisi Park Ji Sun, O'zbekiston PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev esa ushbu qo'mita a'zolaridan biri hisoblanadi.

4.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia