"Nasaf" yarim himoyachisi Elit OCHL bo'lajak yulduzlari qatorida

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 12:40
OFK Elit OCHLda o'zini ko'rsatgan yosh yulduzlar ro'yxatini taqdim etib, eng yaxshisini aniqlash uchun muxlislar orasida so'rovnoma o'tkazmoqda.
8.jpg

Nomzodlar orasida O'zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan "Nasaf" yarim himoyachisi Sardor Bahromov ham bor.

21 yoshli futbolchi Liga bosqichining 8 ta o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgandi.

Ovoz berish uchun ushbu havolaga o'ting.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: