

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" o'z maydonida "Qizilqum"ni mehmon qiladi. Jamoalar Qarshida o'zaro 27 marotaba o'ynagan. Ushbu o'yinlarda navoiyliklar 1 marotaba ortga yutuq bilan qaytgan. 5 ta o'yinda durang, 21 ta to'qnashuvda "ajdarlar" g'alabani tantana qilgan.
"Qizilqum"ning yagona g'alabasi 2008 yilgi mavsumda yuz bergan. Akmal Rustamovning yagona goli mehmonlarga tarixiy g'alabani taqdim qilgan.
"Nasaf" - "Qizilqum" - 0:1
04.10.2008. 23-tur. Qarshi. "Nasaf" stadioni. 1 532 tomoshabin.
Bosh hakam: Vladislav Seytlin - 9,3
Gol: 0:1 - Akmal Rustamov, 16
"Nasaf": Pavel Leus, Yaroslav Krushelnickiy, Botir Qoraev, Kenja To'raev, Nodir Jo'raev, Faxriddin Xolmurodov, Jasur Boboev, Mamuka Chkadua (Aleksandr Merzlyakov, 46), Ilya Ilin, Fozil Musaev (Bahodir Murtazoev, 67), Sunnat Mamadaliev (Ro'ziqul Berdiev, 24).
"Qizilqum": Igor Mixaylov, Umid Isoqov (Maksim Danilov, 90), Egor Gladkov, Valentin Vishtalyuk, Artyom Fedorchenko, Ahrol Risqullaev, Viktor Baryshev, Rufat Isroilov (Anatoliy Stavila, 73), Aleksey Klikunov, Akmal Rustamov, Azizjon Abdullaev (Umid Abdurahmonov, 51).
Ogohlantirishlar: Egor Gladkov, 18; Ilya Ilin, 52.
2025 yilgi mavsumda "Nasaf" o'z maydonida raqibini yirik 4:0 hisobida yutgan edi.



