

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa a'zolari va xodimlari joriy yilning may oyidan buyon ish haqi olishmayapti.
E'tiborli jihati shundaki, klub joriy mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan bo'lib, mamlakat chempionligi va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqda.
Biroq ichki chempionatdan tashqari, jamoani oldinda xalqaro maydonda ham jiddiy sinov kutmoqda. Toshkentliklar tez orada, 11 avgust kuni Elit OCHL musobaqasining pley-off bosqichi doirasida o'ta muhim uchrashuvda maydonga tushishlari lozim.
Xalqaro arenada yurtimiz sharafini himoya qiladigan va tarkibida ko'plab yetakchi futbolchilar bo'lgan jamoadagi bunday moliyaviy nomutanosiblik klubning kelgusi rejalari va o'yinchilarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi hozircha so'roq ostida qolmoqda. “Paxtakor” rahbariyati tomonidan mazkur vaziyat bo'yicha hozircha rasmiy munosabat berilgani yo'q.



