"Chelsi"ning ikki futbolchisi "Tottenxem"ga o'tmoqda

1 sen 2026, 08:50
"Tottenxem" Mudrik va Adarabioyo bilan shartnoma imzolamoqda.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Mixail Mudrik sotib olish huquqi bilan ijarga olinadi, Tosin Adarabioyo esa 7 mln funt va bonuslar evaziga sotiladi.

Ukrainalik futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumdan beri "ko'klar"ga tegishli. U antidoping qoidalarini buzgani sababli 2024 yildan beri maydonga tushgani yo'q. Angliyalik himoyachi esa "Chelsi"ga 2024 yilda kelib qo'shilgan va o'tgan mavsumda APLda 16 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano