Boeli davrida "Chelsi"ning eng yaxshi va eng yomon transferlar reytingi tuzib chiqildi

18 sen 2026, 09:45
Football.London sayti Todd Boeli klubga rahbarlik qilgan davrda "Chelsi" amalga oshirgan xaridlarni baholab chiqdi.

Amerikalik biznesmen rahbarligida o'tgan to'rt yil davomida jamoaga 31 nafar futbolchi olib kelindi. Londonliklar tarkibni qayta qurish uchun bir milliard funtdan ortiq mablag' sarflashdi.

Mixail Mudrik ushbu ro'yxatda eng yomoni bo'ldi - ukrainalik vinger uchun, xabar berilganidek, 70+30 million evro to'langan edi. 2024 yilning oxiridan shu yilning yozigacha u antidoping qoidalarini buzgani uchun chetlatilgan edi.

Eng yomonlar beshligiga, shuningdek, Per-Emerik Obameyang, David Fofana, Kristofer Nkunku va Djimmi-Djey Morgan ham kiritildi.

Koul Palmerning 40 million funtga sotib olinishi eng yaxshi transfer deb tan olindi. Top-5 ro'yxatiga Moyses Kaysedo, Mark Kukurelya, Enco Fernandes va Malo Gyusto ham kiritildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football.London