

"Xabi Alonsoning "Chelsiga tayinlanishi klub ichida jiddiy o'zgarishlarning boshi bo'lishi mumkin. Manbalarga ko'ra, londonliklar ispaniyalik mutaxassisga oddiy bosh murabbiy emas, balki "menedjer" maqomini berishdi - bu BlueCo egalari davrida ilk bor yuz bermoqda.
Bu qaror Alonsoning klub loyihasidagi ahamiyatini takidlash va unga klubning asosiy qarorlari, jumladan transfer siyosati (ham sotib olish, ham sotib yuborish) bo'yicha ta’sir o'tkazish imkonini berishi kerak.
Ma'lum bo'lishicha, bu yozda "Chelsi" transfer bozorida faol ish olib borishga tayyor. Bir nechta "dahl qilib bo'lmaydigan" o'yinchilar (Koul Palmer, Moyzes Kaysedo va Joao Pedro) bo'lishiga qaramay, klub darhol jamoani kuchaytira oladigan uch nafar yuqori darajadagi o'yinchini sotib olishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, hozirgi tarkibning bir qismi Londonni tark etishi mumkin.
Manbalarga ko'ra, klub rahbarlari ispaniyalik mutaxassisga u egalarining to'laqonli sherigi bo'lishi va undan oldingi har qanday murabbiyga qaraganda ko'proq qarorlarga ta’sir o'tkaza olishini bildirishgan. Alonso o'z selekciya yondashuvi bilan rahbariyatni allaqachon hayratda qoldirgan. Shuningdek, "Chelsi" yangi o'yinchilarning yoshi bo'yicha oldingi qattiq siyosatdan voz kechishga tayyor ekani qayd etilmoqda.
Klubda hozirgi tarkib jiddiy potencialga ega ekanligiga va jamoa eng yirik sovrinlar uchun kurashga unchalik uzoq bo'lmaganligiga ishonishmoqda", - deb yozdi jurnalist.



