Buxoroda zamonaviy futbol akademiyasi foydalanishga topshirildi

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2026, 11:30
Buxoro shahrida zamonaviy Futbol akademiyasi va sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Qariyb 50 milliard so'm qiymatidagi majmuada 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy futbol stadioni, xalqaro standartlarga mos tabiiy va sun'iy maydonlar, yopiq futzal zali, 200 o'rinli yotoqxona, oshxona va boshqa zarur infratuzilma obektlari barpo etildi.

Ilgari Shofirkon tumanida joylashgan Buxoro Futbol akademiyasi yangi majmuada faoliyat yuritadi. Ayni paytda akademiyada 154 nafar iqtidorli yosh tahsil olmoqda.

10 ming o'rinli stadion viloyatning bosh stadioni qurilib, foydalanishga topshirilgunga qadar “Buxoro” professional futbol klubining asosiy uy maydoni vazifasini bajaradi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, akademiya tarbiyalanuvchilari va murabbiylar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi majmua Buxoroda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va tarbiyalash, shuningdek, voha futbolida yangi avlod istedodlarini kashf etish uchun mustahkam zamin yaratadi.

photo_2026-09-04_10-34-03.jpgphoto_2026-09-04_10-34-09.jpgphoto_2026-09-04_10-34-29.jpgphoto_2026-09-04_10-34-36.jpgphoto_2026-09-04_10-34-51.jpgphoto_2026-09-04_10-34-56.jpgphoto_2026-09-04_10-34-57.jpgphoto_2026-09-04_10-34-58.jpgphoto_2026-09-04_10-34-59.jpgphoto_2026-09-04_10-35-00.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Minsportuz