

"Bavariya" - "Keln" o'yinidan keyin mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga mukofot topshirildi. Sovrin sohibi "Bavariya" vingeri Maykl Olise bo'ldi.
2025/26 mavsumida 24 yoshli Olise Bundesligada 32 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 21 ta golli uzatma berdi.




