Boshkovich uchun sobiq jamoasi – "So'g'diyona"ga qarshi o'yin qanchalik ahamiyatga ega? Murabbiy javob berdi

Оқил Абдубарноев
10 okt 2026, 19:30
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Superliganing 24-turi doirasida sobiq klubi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrini bildirdi.

"Biz hammamiz professionallarmiz. Murabbiylik kasbi shuni taqozo etadi. Har bir raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va bu safar ham shunday bo'ladi. To'g'ri, u yerda uzoq vaqt faoliyat yuritdim, ajoyib damlarni o'tkazdik. Ammo bo'lajak o'yinga faqat va faqat g'alaba qozonish ishtiyoqi bilan yondashaman, hech qanday his-tuyg'ularsiz. Agar emociyalarga erk bersak, noto'g'ri qaror qabul qilib qo'yishimiz mumkin. Shu sababli bu o'yinga professional darajada tayyorgarlik ko'rishimiz, o'z bilim va tajribamdan foydalangan holda yigitlarni tayyorlashimiz kerak. Xudo xohlasa, bu o'yindan umidim katta", dedi 44 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, chernogoriyalik murabbiy 2023 yil aprelidan 2026 yil martiga qadar Jizzax klubini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia