

Uchrashuvni Alexandro Kintero Gonsales boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.
Madridliklar himoyachisi Alexandro Grimaldo 33-daqiqada hisobni ochdi. Tanaffus oldidan, 45+6-daqiqada hujumchi Lukas Boye Muvozanatni tikladi. 61-daqiqada mezbonlar himoyachisi Anxel Peres maydondan chetlatildi. Bahs yakunlanishiga oz fursat qolganda, yani 87-daqiqada Kristian Romero mehmonlarga zafar keltirgan to'pni kiritdi.
“Alaves” - “Atletiko” 1:2
Gollar: Boye 45+6 - Grimaldo 33, Romero 87.
Chetlatish: Peres 61.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng 19 ochko jamg'argan "Atletiko" La Liga turnir jadvalida 2-pog'onani egallab turibdi. 11 ochkoga ega "Alaves" esa 6-o'rindan joy olgan.



