"Neftchi" sobiq futbolchisi Baxtiyor Yoqubov: "Chempionatdagi natijalar bu o'yinda ahamiyatini yo'qotadi"

Iskandarov Abdulaziz
29 avg 2026, 16:17
"Neftchi" sobiq futbolchisi Baxtiyor Yoqubov bugungi "Paxtakor"ga qarshi kubok o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.


"Neftchi" Superligada jadvalda birinchi o'rinda ketmoqda. Lekin bu kubok o'yini, chempionatdagi natija ahamiyatini yo'qotadi.

Pasayish, yuksalish hamma jamoada bo'ladi. Masalan, 2008 yil "Bunyodkor" o'zining cho'qqisiga chiqqanida Farg'onada yutqazib qo'ygan. Mavsumni to'liq bir tekisda o'tkazish qiyin. Jarohatlar, boshqa omillar pand beradi.

"Neftchi" baribir "Paxtakor"ga qarshi boshqacha tayyorgarlik bilan tushadi. Ruhiyat, motivaciya umuman farq qiladi. Fikrimcha, "Neftchi" bugun g'alaba qozonadi.

O'zim o'ynagan eng yodda qolgani yilini eslolmayman lekin Toshkentda "Paxtakor"ni yutgan edik. Men jarohat olib maydonni tark etgandim",- deydi Baxtiyor Yoqubov.

Ma'lumot uchun, bahs 19:00 da “Istiqlol” stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia