Baxtiyor Yoqubov: "Ikkinchi davrani yaxshi boshlamoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2016
"Neftchi" yarim himoyachisi Baxtiyor Yoqubov kecha "Buxoro" klubiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini so'radi.

"10 kun davomida tog'da yig'in o'tkazdik. Juda katta jismonan yuklama oldik. Ikkinchi davrani yaxshi boshlamoqchimiz. Nasib qilsa muxlislarimizni xursand qilamiz.

Davralar oralig'ida Sardor Rahmonov, Anvar Berdiev kabi yangilar qo'shildi. Ularni yangilar deb ham bo'lmaydi, ikkala futbolchi ham "Neftchi"ga begona emas", - deydi Baxtiyor Yoqubov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia