"Barselona" "Arsenal" himoyachisini nishonga oldi - Daily Mail

29 may 2026, 09:40
"Barselona" "Arsenal" markaziy himoyachisi Pero Inkapega qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli futbolchi sentyabr oyidan buyon "Bayer"dan ijaraga olingan holda "kanonirlar" safida to'p surmoqda, biroq londonliklar mavsum yakunida ekvadorlik o'yinchini to'liq sotib olishi haqida xabar berilgandi.

Daily Mail nashrining yozishicha, Kataloniya klubi sport direktori Deku Inkapening transferi murakkab vazifa ekanligini tushunib turibdi, ammo "Barselona" buni amalga oshirishga urinib ko'rishga tayyor. Himoyachining o'zi esa "Arsenal"dagi holatidan mamnun.

Joriy mavsumda Inkape barcha turnirlarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Leverkuzen klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail