

Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "to'pchilar" a'zosi Gabriel Martinellining Istanbul jamoasiga o'tishi ehtimoli yuzasidan olib borilgan muzokaralar chog'ida tomonlar nigeriyalik forvard transferiga ham to'xtalib o'tishgan. Shu bilan birga, APL chempioni hujumchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radimi yoki yo'q - bunisi hozircha noma'lum.
27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Viktor 2025 yilning 31 iyul kuni "Galatasaroy" bilan to'rt yillik shartnoma imzolab, klubga to'laqonli asosda ko'chib o'tgan edi. Transfer summasi 75 million evroni tashkil etgan va bu Turkiya Superligasi tarixidagi mutlaq rekordga aylangan.



