Yamal "Barselona" rahbariyatiga taklif bilan chiqdi

13 apr 2026, 10:35
"Barselona" vingeri Lamin Yamal yozgi transfer oynasida klub hujum chizig'ini yulduz hujumchi bilan kuchaytirish kerak deb hisoblamoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi "ko'k-anorrang"lar rahbariyatiga bu poziciya uchun prioritetli nomzod sifatida "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxenni ko'rsatgan.

Joriy mavsumda nigeriyalik hujumchi barcha turnirlarda 29 o'yinda 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.


Manba: soccer.ru