"Napoli" "Chelsi" himoyachisini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2026, 15:00
"Chelsi" himoyachisi Benua Badiashile faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Neapol klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchini mavsum oxirigacha 3 million evro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 27 million evroga sotib olish bandi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Agar futbolchining to'liq transferi amalga oshsa, uning shartnomasi 2031 yilga qadar mo'ljallanadi va yillik maoshi 2,8 million evroni tashkil etadi.

Badiashile 2023 yilda "Monako"dan "Chelsi"ga 38 million evro evaziga o'tgandi. U o'tgan mavsum londonliklar safida barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif