"Barselona" Osimxen bilan shartnoma imzolash rejasini ishlab chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
"Barselona" yozgi transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi - "Atletiko" futbolchisi Xulian Alvares. Agar argentinalik futbolchining transferi amalga oshmasa, "ko'k-anorranglilar" bor e'tiborini "Galatasaroy" futbolchisi Viktor Osimxenga qaratadi.

Xabarlarga ko'ra, Osimxen "Barselona"ning "B rejasi". Biroq Kataloniya klubi nigeriyalik futbolchining xarakteridan cho'chib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo