Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Ittihod" o'n kishi bo'lib "Al Hilol" bilan durang o'ynadi, "Al Nassr" raqibiga javobsiz 4 ta gol urdi

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 02:05
Saudiya Arabiston Pro ligasi 23-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

O'yinning 5-daqiqasidayoq Malkom gol urib, "Al Hilol"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 4 daqiqa o'tib "Al Ittihod" o'yinchisi Hassan Kadesh qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ammo, Ussem Auar 53-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan asrab qoldi.

"Al Nassr" esa Krishtianu Ronaldu (dubl), Kingsli Koman va Anjeloning gollari evaziga "Al Xazem"ni yirik hisobda taslim etdi.

22-turdan so'ng turnir jadvalida 55 ochko bilan "Al Nassr" peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda "Al Hilol" (54 ochko), "Al Ahli" (53 ochko) va "Al Qodisiya" (50) bormoqda.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia