

Bu haqda samaraqandliklar matbuot xizmati e'lon qildi. Kelishuv yil yaunigacha amal qiladi.
“Surxon” klubi va O'zbekiston yoshlar jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan, 2024 yilda PFL tomonidan “Superligada yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi” deb topilgan Abdug'afur Haydarov “Dinamo” PFK bilan shartnoma imzoladi. Joriy mavsum Pro ligada “Olimpik-Mobiuz” sharafini himoya qilib, hozirgacha 11 o'yinda 5ta golga mualliflik qilgan 21 yoshli hujumchi erkin agent sifatida “Dinamo”ga o'tdi va jamoamiz sharafini 2026 yil yakuniga qadar himoya qiladi. Haydarov 11 avgust kuni tarkibga qo'shiladi.
Haydarov o'tgan ikki mavsum “Surxon” safida 38 o'yinda 15ta gol, “Qo'qon-1912” tarkibida esa 16 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan” - deyiladi rasmiy bayonotda.



