Eldor Moyliev: "Universitetlar derbisi bo'lgani uchun o'yinga e'tibor yuqori bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2026, 20:38
Proliga 14-turidan o'rin olgan "Lochin" – "TerDU" (2:1) uchrashuvidan keyin "Lochin" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv biz o'ylagandan qiyin kechdi. Bugun universitetlar derbisi bo'lgani uchun "TerDU" ham bizga yaxshi hozirlik ko'ribdi. Qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik, shundan so'ng o'zimizga kelib olishga harakat qildik. Birinchi taym juda issiq bo'ldi, futbol o'ynash oson kechmadi. Birinchi taymda o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo'limda ikkita gol urib g'alaba qozondik. Muhim g'alaba bilan barchani tabriklayman.

- O'yin 17:30ga qo'yildi. Boshlanish vaqtini kechroq belgilashga nima xalaqit berdi?
- "Geolog" stadionida projektor standartga javob bermaydi deyishdi, shu bois o'yin 17:30ga qo'yildi. Biz ham kechroq qo'yishning iloji bormi deb so'raganimizda "yo'q" degan javobni oldik.

- Klubda matbuot xizmati shtati mavjud emas, bu degani safar o'yinlariga matbuot vakili bormayaptimi?
- Bizda matbuot shtati bor hamda safar o'yinlariga doim olib ketyapmiz.

- "Lochin"ni 7-8 nafar futbolchi tark etdi. Ular o'rnini mos futbolchilar bilan to'ldira oldingizmi?
- Yaxshi klublardan taklif tushgani uchun ularni ushlab turmadik. Futbolchilarni "Nasaf"ga, "Sho'rtan"ga berdik. Ulardan tushgan moliyaviy taklif ham futbolchilar uchun yaxshi bo'ldi. O'yinchilar futboldagi faoliyat orqali yaxshi daromad topishni xohlashadi, bu vaziyatni biz tushunamiz. Olgan o'yinchilarimiz ham yomon emas, ularning fikrlashi, o'yinga o'zini berishi bizga maqul kelyapti. Asosan o'z jamoalarida zaxirada o'tirganlarni taklif qildik. Yangilarning jismoniy holatini ko'tarib olsak bo'lgani. Bunday issiqda o'ynash oson emas.

- Bugun ikkita gol urgan Islom Kenjaboevning o'yini haqida fikringiz?
- Kenjaboevni yoshligidan bilaman. "Sho'rtan"da ham birga ishlaganmiz. Uning sifatlarini yaxshi bilamiz, bugun jamoaga yordam berganidan xursandmiz. Islom yaxshi o'yin ko'rsatdi, o'z paslari bilan ajralib turdi, k

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia