

“Al Ahli” “Al Uhdod”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Gollarga Valentin Atangana, Frank Kesse (dubl) va Firas Al Buraykan mualliflik qildi. Mehmonlar safida 45-daqiqada Hussayn Al Zabdani qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
“Al Nassr” mehmonda “Al Qodisiya” jamoasiga 1:3 hisobida taslim bo'ldi. Mezbonlar safida gollarga Muhammad Abu Al Shamat, Musab Al Juvayr va Xulian Kinones mualliflik qildi, “Al Nassr” yagona goliga esa Joau Feliks mualliflik qildi.
“Al Nassr” 31 o'yindan so'ng 79 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. “Al Hilol” 30 o'yindan so'ng 74 ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan. Uchinchi o'rinda “Al Ahli” (30 ta o'yin, 69 ochko) va to'rtinchi o'rinda “Al Qodisiya” (31 ta o'yin, 68 ochko) bormoqda.







