16:0 - O'zbekiston kubogi tarixidagi eng yirik hisobmi?

Narzulla Saydullayev
23 apr 2024
Kecha O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida OKMK - "Aral akademiya" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK 16:0 hisobida g'alabaga erishdi. Xo'sh, bu natija O'zbekiston kubogida qayd etilgan eng yirik hisobmi?

2003 yilgi O'zbekiston kubogida ham guruh bosqichi bo'lgan. Unda qayd etilgan bazi natijalarni taqdim etamiz:

"Navbahor" (Namangan) 12-0 "Navigul" (Andijon)
"Sirdaryo Telekom" (Sirdaryo) 1-8 "Samarqand-Dinamo" (Samarqand)
"Samarqand-Dinamo" (Samarqand) 10-0 "Dinamo" (Jizzax)
"Guliston" (Guliston) 9-2 "Neftchi" (Surxondaryo)
"Qizilqum" (Zarafshon) 10-0 "Pitnak" (Xorazm)
"Buxoro" (Buxoro) 16-0 "Xo'jayli" (Qoraqalpog'iston)
"Xo'jayli" (Qoraqalpog'iston) 1-9 "Turon" (Nukus)

Demak, bundan 20 yillar ilgari ham Kubokda g'ayrioddiy yirik hisoblar qayd etilan ekan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia