"Yuventus" "Barselona" futbolchisini qishda xarid qilishga urinib ko'radi
04 sen 2019 14:34
Yangiliklar
"Yuventus" "Barselona" futbolchisini qishda xarid qilishga urinib ko'radi
"Yuventus" haligacha "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichga qiziqmoqda.
Turin klubi o'yinchini Federiko Bernandeskiga almashtirishni xohlayotgan edi, yakunda bitim imzolanmay qoldi.
Ispan klubi "Yuventus" xorvatiyalik o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgan. Tomonlar transferni yanvarda amalga oshirishga umid qilishmoqda.
31 yoshli Ivan Rakitich o'tgan mavsum 54ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etgan.
Rakitichning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.
Xorvatiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga 2014 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi. U bundan oldin "Bazel" va "SHalke 04" klublarida o'ynagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar