Xorvatiya terma jamoasi ustozi: "Modrich hech qachon terma jamoadan ketish haqida o'ylamagan"
29 avg 2017 14:25
Yangiliklar
Xorvatiya terma jamoasi ustozi: "Modrich hech qachon terma jamoadan ketish haqida o'ylamagan"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ante CHachich "Real" va milliy jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichni qo'llab-quvvatladi.
Futbolchi yolg'on ko'rsatma berish borasidagi mojarodan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qolganini tan oldi.
"Luka Modrich jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi hisoblanadi va u Xorvatiya terma jamoasida o'ynayotganidan faxrlanadi. U hech qachon milliy jamoadan ketish haqida gapirmagan va o'ylamagan.
Perishich? Ivan bilan gaplashdim. U "Inter"da baxtli. Luchano Spalletti uni qadrlaydi va yangi shartnoma tayyorlamoqda" - deydi CHachich.
Xorvatiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Kosovo (2 sentyabr) va Turkiyaga (5 sentyabr) qarshi bo'lib o'tadigan bahslarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar