So’nggi yangiliklar

21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  0 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  12 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5

Evropa top-ligalaridan 136 nafar futbolchi "yo'q" bo'lib qoldi. Afrika millatlar kubogi rejalariga o'zgartirish kiritadigan klublar haqida Yangiliklar

Evropa top-ligalaridan 136 nafar futbolchi "yo'q" bo'lib qoldi. Afrika millatlar kubogi rejalariga o'zgartirish kiritadigan klublar haqida

Turkiya Superligasi ham ko'plab futbolchilarini yo'qotdi.

Bu borada eng katta aziyat chekkanlar – Franciyaning ikki klubi.

Afrika Kubogi ananaviy ravishda Evropa klublari va butun ligalar uchun muammoga aylanadi. Chunki mazkur musobaqa evro-mavsumning qoq o'rtasida o'tkaziladi. Jamoalar muhim futbolchilarini, chempionatlar – muxlislar va telekanallar etiborini o'ziga jalb qiladigan yulduzlarini yo'qotadi. Kuni-kecha Marokashda start olgan Afrika Kubogi–2025 ham bundan mustasno bo'lmaydi. Evropaning qaysi ligasidan qancha futbolchi Afrikaga yo'l olgani, klublardagi vaziyat haqida suhbatlashamiz.


Franciya chempionati – Liga 1"dan 51 futbolchi

Afrika Kubogi tufayli hammadan ko'ra ko'proq aynan Franciya chempionati aziyat chekishi sir emas. Liga 1 va quyi divizion vakillari sobiq koloniya mamlakatlardagi iqtidorlarni o'z tarkibiga jalb qilishi odat tusiga kirgan, o'z navbatida yosh futbolchilar esa Eyfel minorasi orzusida safarga otlanadilar. Afrikaliklar francuz futboliga oson moslashishadi, lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor – qita musobaqasi vaqtida kattagina "ishchi kuchi" uyga borib keladi.

Afrika Kubogida ishtirok etuvchi 24 terma jamoa tarkibida faqatgina Liga 1"dan 51 (!) futbolchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Liga 2 ham qisman zarar ko'rgan – Franciyaning ikkinchi ligasidan ham sakkiz nafar futbolchi Marokashga yo'l olgan. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, Franciya chempionati vakillari ichida narxi eng balandi – PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi. Marokash termasi etakchisi nafaqat chempionatning balki musobaqaning eng qimmat futbolchisi hamdir – 80 mln. evro. Narx-navo borasida TOP-5da yana uch nafar malilik futbolchi bor – Lamin Kamara ( "Monako", € 30 mln), Ibragim Mbaye (PSJ) va Mamadu Sarr ("Strasburg", € 25 mln), shu bilan birga marokashlik Nayef Agerd ("Marsel", € 22 mln).

Eng ko'p futbolchi "yo'qotganlar" "Parij FK va "Loryan". Liga 1"ning har ikki klubi 5 nafardan futbolchisi xizmatidan vaqtincha foydalana olmaydi. Parijliklar himoyachi Samir Shergi (Jazoir) va Amari Traore (Mali), vingerlar Ilan Kebbal (Jazoir) va Mozes Saymon (Nigeriya) hamda hujumchi Jan-Filipp Krasso (Kot-d’Ivuar) bilan "xayrlashishga" majbur bo'lgan. Shu o'rinda takidlash lozim, Kebbal, Saymon va Krasso – "gol+pas" tizimida jamoaning eng sermahsul futbolchilari hisoblanadi. "Loryan" esa himoyachilar Montassar Talbi (Tunis), Arsen Kuassi (Burkina-Faso), Darlin Yongva (Kamerun), yarim himoyachi Artur Ebong (Kamerun) va hujumchi Ayegun Tosinni (Benin) safarga jo'natgan. Ularning barchasi (5 nafar) Franciya chempionatida o'yin vaqti bo'yicha TOP-11ga kiradi. 

Liganing yana bir necha jamoasi to'rt nafardan futbolchisisiz qoldi – "Lill", "Nicca", "Anje", "Metc" va "Gavr". PSJdan esa faqatgina ikki futbolchi Afrikaga yo'l olgan, xuddi "Monako" singrai (Kamara bilan Krepen Diatta Mali termasi safiga jalb etilgan).


Angliya chempionati – APLni 33 futbolchi tark etdi

Afrika Kubogi dunyoning eng kuchli ligasi nomiza davogarlik qiluvchi chempionatdan 30 nafardan ko'proq futbolchini Tumanli Albiondan olib ketmoqda. Bundan tashqari Chempionshipdan ham 11 futbolchi "xizmat safariga" yo'l olgan. Hattoki Angliyaning uchinchi divizionidan ham (1 Liga) to'rt nafar futbolchi yurtiga qaytadi.

Nomlar haqida gapiradigan bo'lsak, asosiy figura – APLning o'tgan mavsumdagi to'purari Misr va "Liverpul" jamoasi azosi Muhammad Saloh. "Transfermarkt" talqiniga ko'ra, eng qimmat futbolchilar kamerunlik Brayan Mbemo "Manchester Yunayted" (€ 75 mln), misrlik Omar Marmush ("Manchester Siti", € 65 mln), "Brayton"dan yana bir kamerunlik Karlos Baleba (€ 60 mln) va "Manchester Yunayted"dan yana bir futbolchi ivuarlik Amad Diallo (€ 50 mln).

Musobaqadan angliyaliklar orasida eng katta zarar ko'rgan – "Sanderlend". Mazkur klub Afrikaga 6 nafar futbolchisini qo'yib yuborishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari "Manchester Yunayted" va "Fulxem"ning ham tarkibiga sezilarli tasir ko'rsatdi. Manchesterni vingerlar Mbemo (6 gol bilan eng yaxshi to'purar) va Diallodan tashqari, himoyachi Nussayr Mazraui ham tark etgan. "Fulxem" uch nafar nigeriyaliklar xizmatidan foydalana olmaydi – himoyachi Kelvin Beyssi, vingerlar Aleks Ivobi va Samu Chukveze. Ularning oxirgi ikkitasi jamoada eng sermahsul uch futbolchi qatoriga kiradi.


Turkiya chempionati – Superligadan 21 futbolchi

Qanchalik ajablanarli ko'rinmasin, Afrika Kubogidagi vakillari soni bo'yicha TOP-3ni Turkiya chempionati yakunlab berdi. Turkiya Superligasini musobaqa davriga 21 nafar futbolchi tark etdi. Bundan tashqari Turkiyaning ikkinchi divizioni mazkur ro'yxatga yana 6 nafar futbolchi qo'shilishiga sabab bo'ldi.

Ro'yxatdagi eng qimmat futbolchi, tabiiyki, "Galatasaroy" va Nigeriya termasi etakchisi Viktor Osimxen. Hujumchi transferi narxi 75 mln. evro deb baholanmoqda. Narxi yomon bo'lmagan yana bir qancha yigitlar bor: marokashlik Yussuf En-Nesiri (€ 24 mln) va malilik Dorjeles Nene (€ 17 mln) "Fenerbaxche", Mali termasining boshqa bir vakili El Bilol Ture (€ 15 mln) va nigeriyalik Vilfred Ndidi (€ 12 mln) "Beshiktosh"dan.

Afrika millatlar kubogi ayniqsa "Galatasaroy" va "Alanyaspor"ga "kuchli zarba" berdi. Har ikki klubning 3 nafardan futbolchisi qita musobaqasiga yo'l olgan. Turkiya chempioni Osimxendan tashqari, senegallik himoyachi Ismoil Yakobs va gabonlik yarim himoyachi Mario Lemina xizmatidan foydalana olmaydi. "Alanyaspor" esa Maestrosisiz (Angola) hamda hujumchilar Elia Meshak (Kongo DR) va Stiva Mune (Benin)siz qoldi. Bu orada jamoaga faqatgina Maestro chinakamiga yo'qotish ekanligini takidlash lozim, hujum chizig'i vakillari esa asosan zaxiradan o'yinni kuchaytirish figuralari hisoblanadi.


Italiya chempionati – A Seriyadan 19 futbolchi

Mazkur ro'yxatning 4-o'rinida – Italiya chempionati joylashgan. Appenin yarim orolining "yo'qotishlari" Turk Superligasiniki bilan deyarli bir xil. A Seriyadan Marokashga 19 futbolchi uchib ketgan. B Seriya yana 4 nafar futbolchini qo'shib qo'ydi.

Narx borasida – "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukmanga teng keladigan yo'q (€ 40 mln). Ikkinchi o'rinda "Roma" himoyachisi Evan N’Dika (€ 30 mln). Shuningdek, TOP-5ga yana bir ivuarlik Odilon Kossunu ("Atalanta", € 25 mln), marokashlik Neyl El Aynaui ("Roma", € 20 mln) va senegallik Bulaye Dia ("Lacio", € 15 mln) kirdi.

Alohida klublardagi vaziyat haqida gap ketsa – "Lechche"ga achinmaymiz. Shundoq ham zaxira o'rindig'i unchalik uzun bo'lmagan klub 3 nafar futbolchisidan ayrilgan – himoyachi Kialonda Gaspar (Angola), yarim himoyachi Lassana Kulibali (Mali) va vinger Lamek Banda (Zambiya). Ularning har biri – "Lechche" uchun muhim figura hisoblanadi.


Germaniya chempionati – Bundesligadan 17 futbolchi 

Mazkur ro'yxatning beshinchi pog'onasi Bundesligaga nasib qildi. Afrika Kubogi daragini eshitgan 17 futbolchi Germaniya elit ligasini tark etgan bo'lsa, ikkinchi Bundesligadan ham yana 2 futbolchi klub ixtiyorini tark etdi.

Ularning orasida eng qimmati – "Bavariya" va Senegal termasi forvardi Nikolas Jekson (€ 50 mln). "Bayer" va Burkina-Faso termasi himoyachisi Edmon Tapsobaning ham narxi yomon emas (€ 35 mln), shu bilan birga "Volfsburg" hamda Jazoir termasi azosi Muhammad Amur (€ 32 mln) kuchli uchlikni yakunlab berdi. Keyingi o'rinlarda – "Bayer"ning yana bir vakili Eliss Ben-Segir va "Shtutgart"dan Bilol El-Xannus (har ikkisining narxi – 28 mln. evrodan).

"Bayer" murabbiyliklar shtabi vakillariga havas qilib bo'lmaydi. Leverkuzen klubi Afrika Kubogiga yo'l olgan kvartetisiz qoldi. Germaniyaning boshqa hech bir klubi bunday vaziyatga tushmadi. Tapsoba va Ben-Segirdan tashqari "Bayer" safini jazoirlik yarim himoyachi Ibroxim Maza hamda kamerunlik hujumchi Kristian Kofane tark etishgan. Vaholanki ular ham muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar sirasiga kiradi.


Ispaniya chempionati – La Ligadan 16 futbolchi

Evropaning top chempionatlarini inobatga olsak, Afrika Kubogidan eng kam zarar ko'rgan bu Primera. Biroq Ispaniya elit ligasi ham 16 futbolchisidan ayrildi. Qo'shimchasiga Segundadan yana 4 futbolchi.

Eng qimmati – 2024 yildan boshlab Marokash termasi sharafini himoya qilishga qaror qilgan Braim Dias. 35 mln. evroga baholanayotgan "Real" vakili chempionatning ochilish o'yinida gol urib, jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'sha oldi. Yana to'rt nafar futbolchi 20 mln. evrodan – bu Abde Ezzalzuli (Marokash va "Betis"), Flaven Boyomo (Kamerun va "Osasuna"), Karl Etta Eyong (Kamerun va "Levante") hamda Pap Geye (Senegal va "Vilyarreal").

Ispanlar orasida eng ko'p aziyat chekkan "Betis" klubi hisoblanadi. Seviliyaliklarning uch nafar futbolchisi Afrikaga uchib ketdi. Vinger Abde bilan marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabat va Kongo Demokratik Respublikasi hujumchisi Sedrik Bakambu ham o'z termalari safiga yo'l olishgan. 

Boshqa chempionatlarda vaziyat birmuncha yaxshi. Portugaliya Primeyrasidan 14 futbolchi, qolganlarda undan ham kamroq. Alohida klublar miqyosida olsak, Kiprning "Aris" jamoasining 4 futbolchisi ham sovrin uchun kurashadi – himoyachilar Jedeon Kalulu (Kongo DR), Stiv Yago (Burkina-Faso), Aleks Muketu-Mussunda (Gabon) va yarim himoyachi Yasin Buran (Komor orollari). Chempionlik uchun kurashayotgan "Aris" uchun ancha qiyin vaziyat yuzaga kelgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
22 dek 20:17:25
Muhsinjon Sharobidinov
Иккаласиям зур уйнаяпти.
   
22 dek 20:09:49
Baxtigali Adilov
Мляяя ёз Файзуллаев ва Шомуродов гол урди деб,кийинми?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика