So’nggi yangiliklar

01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  4 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  19 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27

Rasman: "Barselona" va PSJ sobiq yulduzi 32 yoshida faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Rasman: "Barselona" va PSJ sobiq yulduzi 32 yoshida faoliyatini yakunladi

"Barselona", "Inter" va PSJ klublarining sobiq yarim himoyachisi Rafinya Alkantara professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali murojaat yo'llab, jarohat sabab ushbu qarorga kelganini malum qildi.

"Maydondan tashqarida o'tgan vaqt va uzoq tiklanish jarayonidan so'ng muhim bir xabarni aytish vaqti keldi. Men faoliyatimni yakunlashga qaror qildim.

Bir yil oldin tizzamdan olgan jarohatim, afsuski, menga yuqori darajada o'ynash imkonini bermayapti. Buni qabul qilish qiyin bo'ldi. Futbol eslay olganimdan beri hayotimning bir qismi edi va men endi unga avvalgidek o'zimni bag'ishlay olmasligimni tushunib etdim.

So'nggi 20 yil davomida futbol kundalik hayotimning mazmuni, harakatlantiruvchi kuchim bo'ldi. Bugun raqobat hayajonisiz, ammo tabassum qilish uchun sabablarga to'la yangi bosqich boshlanmoqda. Oilamga doim yonimda bo'lganliklari uchun rahmat. Barchaga muhabbat va qo'llab-quvvatlash uchun tashakkur. Meni shu darajaga etkazgani uchun futbolga rahmat. Ko'rishguncha", – dedi Rafinya videomurojaatida.

Malumot uchun, Rafinya Alkantara «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida uch marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 2014/15 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

Faoliyati davomida xavbek "Selta", PSJ, "Inter" va "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan, shuningdek, 2016 yilda Braziliya terma jamoasi safida Olimpiada chempioni bo'lgan. 32 yoshli Alkantaraning so'nggi klubi Qatarning "Al Arabi" jamoasi edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика