"Barselona" sobiq prezidenti: "Bizda Messi, Xavi va Inesta borligi uchun g'alaba qozonganmiz. Yoki Evropada ham Negreyra g'alaba qozonib berganmi?"
23 dek 01:05
Yangiliklar
"Barselona" sobiq prezidenti: "Bizda Messi, Xavi va Inesta borligi uchun g'alaba qozonganmiz. Yoki Evropada ham Negreyra g'alaba qozonib berganmi?"
Bugun Roselning sentyabr oyida sudda bergan ko'rsatmalari oshkor qilindi. 2010–2014 yillarda "Barselona" prezidenti bo'lgan Sandro Rosel o'z advokatining savollariga javob berar ekan, klubning "oltin avlodi"ni eslab o'tdi.
"Bizning jamoada Messi, Xavi, Inesta, Puyol, Valdes bor edi... Ularning barchasi "La Masiya" tarbiyalanuvchilari.
Bizda kuchli jamoa bo'lgani uchun g'alaba qozonganmiz. Va "janoblar klubi" buni tan olishi kerak. Yoki Evropada ham janob Negreyra g'alaba qozonib berganmidi?" – dedi Rosel.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidenti Negreyraga pora berganlik ayblovi qo'yilgan edi. Sud malumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar 2001–2018 yillar davomida Negreyraga jami 7,7 mln evro to'lagan deb gumon qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar