Raqib qizil olsa, "Liverpul"ga qiyinroq, "Everton"ning kuchi ham, zaif nuqtasi ham Grilish. Top chempionatlar uchrashuvlaridagi o'ziga xos taktika haqida
22 dek 23:13
Yangiliklar
Raqib qizil olsa, "Liverpul"ga qiyinroq, "Everton"ning kuchi ham, zaif nuqtasi ham Grilish. Top chempionatlar uchrashuvlaridagi o'ziga xos taktika haqida
Nima uchun "Liverpul" ko'pchilikda muammoga duch kelmoqda?
"Liverpul" mavsumda ikkinchi bor tanaffusga ustunlikka ega bo'lgan holda yo'l olmoqda. Bu kabi birinchi holat – mavsum startida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (3:2) yuz bergandi. Ikkinchisi kuni-kecha "Tottenxem" bilan o'yinda sodir bo'ldi (2:1). Har ikki holatda g'alaba qo'lga kiritildi, lekin har safar oson bo'lmadi. Umumiy hisobda Slot shogirdlari 135 daqiqa hisobda etakchilik qilishdi, lekin bu vaqt mobaynidagi zarbalar ko'rsatkichi – 14:10 raqiblar foydasiga.

Arne Slot shanba kungi g'alabadan keyin muammolarning umumiy bog'liqligini ko'rayotganini takidladi: "Agar men buning sabablarini aytishni boshlasam, odamlar: "Bu ishing bilan sen raqiblarga qanday o'ynash kerakligini bildirib qo'yyapsanku", deyishadi. Ammo "Nyukasl"ga qarshi o'yinda nima qilgani va "Tottenxem" nimalar qilmoqchi bo'lganini tushunib olish qiyin emas".
Katta ehtimol, Slot raqiblarning o'yinni maksimal ravishda soddalashtirishga va har bir vaziyat standart chiqarishga urinishni nazarda tutgandir. Bunday jamoalar bilan "Liverpul" hattoki teng tarkiblarda ham muammoga duch kelmoqda. Kamchilikda qolgan raqib esa o'yin uslubini o'zgartirish ehtimoli yanada oshib ketadi. "Nyukasl" kamchilikda bo'lgan daqiqalar davomida uzatmalar aniqligi borasida 55% natija qayd etgan bo'lsa, "Tottenxem" – 69%. Bir qarashda "qizillar"ni tashvishga soladigan hech narsa yo'q. Biroq xavf va uchala gol ham boshqa joydan yuzaga keldi. "Liverpul" o'tkazib yuborgan uchala golini ham standartlardan (jarima zarbasi, aut, burchak zarbasi) so'ng qo'yib yubordi.
Top-raqiblar Grilish qanotidan unumli foydalanishmoqda
Jek Grilish "Everton"dagi faoliyatini ajoyib boshladi. U qisqa vaqt ichida jamoa etakchisi va hujumlardagi muhim figura, kreativ fikrlar uchun javobgarga aylanib ulugrdi. Devid Moyes unga kerak bo'lgan erkinlikni taqdim etdi va hujumlarni aynan uning qanotidan ko'proq tashkil etilishini taminladi. Aksariyat o'yinlarda u hal qiluvchi figuraga aylanmoqda.
Biroq top raqiblarga qarshi emas. Aniqrog'i chinakamiga kuchli jamoalarga qarshi u salbiy qahramonga aylanmoqda.
O'tgan turda "Chelsi" aynan shu zonadan faol tarzda hujumlar uyushtirdi. Qanotning nominal vakillari (Malo Gyusto va Pedro Netu)dan tashqari, tez-tez Koul Palmer ham shu hududga ko'chib harakat qildi. O'ng qanot himoyachisi Gyusto ikki golda bevosita ishtirok etdi. Grilish muhim pallalarda shunchaki "o'chib qolaverdi".
"Arsenal" tabiiy ravishda o'sha zonaga etiborni kuchaytirdi – Timber-Saka-Edegor uchburchagi gol uchun vaziyat izlardi. Shanba oqshomida liverpulliklar darvozasiga asosiy xavf aynan shu qanotdan tashkillashtirildi. Grilishning "say-harakatlari" samarasi o'laroq Timber juda ko'p bor to'p bilan muomalada bo'ldi:


"Everton" azaldan to'psiz yaxshi harakat qiladi, himoyalana oladi. Aynan shu sababli ham zaif nuqta yaqqol ko'rinib qolmoqda. Jamoa raqiblarni qiyin vaziyatga tushira olyapti, lekin malum zonadan keragidan ortiq bo'shliq bermoqda.
Hozirgi vaziyat shaharning boshqa bir klubi "Liverpul"da Muhammad Salohnikini yodga solmoqda. Raqiblar bundan qo'rqqan davrda bir futbolchiga bu qadar bog'lanib qolish "qizillar" foydasiga ishlardi, misrlik esa to'psizlikdagi kamchiliklarini hujumdagi foydali harakatlari bilan yopib ketardi. Istalgan jamoada yulduzga bunday imkoniyatlar berish, uning omadli o'yiniga tayanish kattagina tavakkal demakdir. Bu "formuladagi" kichik xato ham jamoaga qimmatga tushishi hech gap emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar