So’nggi yangiliklar

00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ittihod" yulduzlarga boy kuchli jamoa" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ittihod" yulduzlarga boy kuchli jamoa"

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi 6-turi doirasida bo'lib o'tadigan “Al Ittihod” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda Zafarmurod Abdirahmatov ishtirok etdi.


Ro'ziqul Berdiev:

— Assalomu alaykum. “Al Ittihod” jamoasini juda yaxshi bilamiz. Ular tarkibida yulduz futbolchilar jamlangan, kuchli jamoa. Ertangi uchrashuv biz uchun oson bo'lmasligini yaxshi tushunamiz. Bizda futbol mavsumi allaqachon yakunlangan. Ushbu o'yinga 10 kun davomida tayyorgarlik ko'rdik. Futbolchilarimizning kayfiyati yaxshi va bellashuvga tayyormiz.

Zafarmurod Abdirahmatov:

— Assalomu alaykum. O'ylaymanki, ertangi uchrashuv qiziqarli kechadi. Biz bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga har ikki jamoaga omad tilayman.


— Ertaga sizni “Al Ittihod”ga qarshi og'ir uchrashuv kutmoqda. Ushbu bahsda o'z imkoniyatingizni qanday baholaysiz?

— OCHL Elit musobaqasida faqat eng kuchli jamoalar ishtirok etadi. Biroq bitta o'yinda har qanday jamoa yaxshi tayyorgarlik evaziga ijobiy natijaga erishishi mumkin. Biz ertaga tartibli harakat qilib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Bu oson bo'lmaydi, ammo o'z futbolimizni namoyish etishga intilamiz.


— Jamoangizning turnir jadvalidagi hozirgi o'rni uning asl salohiyatini to'liq aks ettirmaydi. Shunga qaramay, ertangi mag'lubiyat keyingi bosqich imkoniyatlarini yo'qqa chiqaradi. Bu boradagi fikringiz qanday?

— Biz ushbu musobaqada beshta uchrashuv o'tkazdik. “Al Ahli” va “Al Hilol” kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushdik. O'ylaymanki, bu bahslarni ko'rgansizlar — biz ularga munosib qarshilik ko'rsata oldik. “Al Ittihod” ham aynan shunday kuchli jamoalar qatoriga kiradi. Ertaga ularga qarshi ham bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Ushbu bellashuv biz uchun so'nggi imkoniyat ekanini yaxshi tushunib turibmiz. Jamoamiz bu uchrashuvga to'liq tarkibda kelmadi. Shunga qaramay, ertaga ayrim yosh futbolchilarga ham imkoniyat beramiz. O'zbekistonda futbol mavsumi yakunlangan, ushbu bahs esa biz uchun 2025-yildagi so'nggi o'yin bo'ladi. Shu sabab barcha etiborimizni aynan ushbu uchrashuvga qaratganmiz.


— Siz to'liq tarkibda kelmaganingizni aytdingiz. Ertangi uchrashuv jamoa uchun so'nggi imkoniyat ekanini hisobga olib, kuchli raqibga qarshi yoshlar bilan qanday o'ynashni rejalashtiryapsiz?

— Yosh futbolchilar degani ularning barchasi maydonga tushadi, degani emas. Jamoamizda asosiy tarkib mavjud. Qaydnomaga kiritilgan yosh futbolchilardan ayrimlariga imkoniyat berishimiz mumkin. Bu ular uchun katta tajriba va muhim saboq bo'ladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
22 dek 23:59:20
Мансур Исмаилов
Иродасиз мураббийдан нимани кутиш мумкин?!!!
   
22 dek 23:17:28
STENLESS..R
Злит лигани булгани булди кейинги мавсумга пахта хозирлик килинг Рузикул легионер лимити зкан деб 5.та легионер олиш шарт змас кам булсаям сифатлисини олиш керак академия уйинчиларга зътибор каратинг кейинги йили ОФК уйинлари йук бемалол ротация килиб уйнаш мумкин. Ютишга харакат килдинглар кичик булсада имконияти бор газига босинг знди босим йук
   
22 dek 22:47:37
Akbar Umarov
Menimcha Nasaf yana odatdagidak yirik hisobda yutkazsa kerak. Nasaf Ozbekiston Futbol Klublari shanini dabdala qilib tayladi. Qopol qilib aytgandada
   
22 dek 22:29:21
Bexzodbek Xoldarov
Roziqulaka oyindan oldin yutkazib bolibdiku songi oyin deb
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика