So’nggi yangiliklar

20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2

Vitaliy Levchenko: "O'tkazib yuborilgan gollarda butun bir jamoaning aybi bor" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "O'tkazib yuborilgan gollarda butun bir jamoaning aybi bor"

O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Metallurg" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq edi va g'alabani ko'proq istashdi. Bo'lgan ishlardan hulosa chiqarishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak. 

- O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning xatoligi salmoqli? Himoyachilarning ko'rsatgan o'yinidan mamnunmisiz?

- O'tkazib yuborilgan gollar - jamoaning umumiy xatosi. Raqiblar gollarini deyarli standartlardan keyin urishdi. Futbolchilarim bilan "Metallurg"ning jarimalardan qanday ishlashini ko'rib chiqqandik. Mana, ko'rish boshqa, uni maydonda amalga oshirish boshqa ish. SHu sababli bu nafaqat Akbar To'raevning, balki, butun jamoaning xatosi. Himoyada to'liqligicha ishlamadik va shunday gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda esa darvozabon qutqara olmadi. Bunday holat bo'lib turadi. Bu darvozabonning xatosi deb to'liqligicha ayta olmayman. Lekin, to'g'ri, bu uning to'plari bo'lishi kerak edi. 

- "Neftchi" so'nggi o'yinlarda juda ko'p durang qayd etayotgandi. Bugun esa mavsumdagi ilk mag'lubiyatini ham qabul qilib oldi. G'alabalar qozonishga nima halaqit qilmoqda?

- Etibor va koncentraciya etishmayapti. Bazida futbolchilarning kuchi etmay qolyapti. Endigina birinchi davra yakunlanmoqda. SHu sababli bazida futbolchilarda ham ruxan, ham jismonan charchoq alomatlari sezilishni boshlamoqda. SHunday jihatlar yashilansa, g'alaba qozonish mumkin bo'ladi. Gollar uryapmiz, biroq g'alaba qila olmayapmiz. Ayrim joylarda etibor yo'qotilib qo'yilayotgani uchun natijalar shunday bo'lmoqda. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика