Vengriya U-18 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bugun yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi"
06 sen 2022 22:50
Yangiliklar
Vengriya U-18 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bugun yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi"
Uchrashuv yakunlangacha Vengriya U-18 termasi bosh murabbiyi Levente Baboning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- O'yin haqida qisqacha fikringiz qanday?
- O'yin tezligi yuqori bo'ldi. Ushbu o'yin biz uchun yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlardan oldin ajoyib tayyorgarlik bo'ldi.
- Nega aynan O'zbekiston U-18 terma jamoasini raqib sifatida tanladingiz?
- Mendagi malumotlarga qaraganda, UEFA va OFK o'rtasida hamkorlik kelishuvi bor. Ushbu dastur bo'yicha biz bir-birimizni qo'llab-quvvatlayapmiz. Biz O'zbekiston U-18 terma jamoasining mehmonxona harajatlarini qoplab beryapmiz va shu orqali bir-birimizga yordam beryapmiz.
- O'zbekiston jamoasi tarkibidan biror bir futbolchining o'yini sizda yaxshi taassurot qoldirdimi?
- Umumiy qilib aytganda menga jamoa yoqdi. O'zbekiston U-18 termasi bugun yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi. Ettinchi (Abduazim Ortiqov) va o'n birinchi (Murod Komilov) raqamdagi futbolchilarning o'yini menga alohida taassurot qoldirishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar