Valverdening qizil kartochkasi: STA yakuniy qarorni qabul qildi
23 mar 21:01
Yangiliklar
Valverdening qizil kartochkasi: STA yakuniy qarorni qabul qildi
Ispaniya Hakamlar texnik qo'mitasi (STA) Madrid derbisida Federiko Valverdening maydondan chetlatilishini to'g'ri deb topdi.
"Real" va "Atletiko" (3:2) o'rtasidagi bahsning 77-daqiqasida urugvaylik yarim himoyachi raqibi Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergan edi. Bosh hakam Xose Munuera Montero Valverdega to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi, VAR esa vaziyatga aralashmadi.
"El Chiringuito" efirida jurnalist Xuanfe Sans Peresning malum qilishicha, qo'mita hakamning qarorini to'liq qo'llab-quvvatlagan. Bu haqda seshanba kuni rasman elon qilinishi kutilmoqda.
Agar "Real"ning apellyaciyasi rad etilsa, Valverde 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar