"Bu qizil emas!" - Mashhur hakam Valverdening chetlatilishiga qarshi chiqdi
23 mar 22:36
Yangiliklar
"Bu qizil emas!" - Mashhur hakam Valverdening chetlatilishiga qarshi chiqdi
Ispaniyalik sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Madrid derbisida Federiko Valverdega ko'rsatilgan qizil kartochka bo'yicha o'z fikrini bildirdi.
"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi bahsning 77-daqiqasida urugvaylik futbolchi Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Iturraldening fikricha, bu vaziyatda hakam Xose Munuera Montero xatoga yo'l qo'ygan.
"Qizil kartochka haddan tashqari kuch ishlatilgani uchun beriladi. Agar siz kuch meyordan ortiq deb hisoblasangiz, to'p o'yindami yoki yo'qmi — bu qizil. Lekin men uchun bu shunchaki futboldagi oddiy holat. Mening fikrimcha, bu vaziyatda qizil emas, balki aniq sariq kartochka berilishi kerak edi", — deydi ekspert.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaziyatda VAR hakamni monitor yoniga chaqirmagan va qarorni o'z kuchida qoldirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar