Venesuela bosh murabbiyi: "Munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman"
23 mar 19:44
Yangiliklar
Venesuela bosh murabbiyi: "Munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman"
"Men munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman. Ichki raqobatgina bizning darajamizni oshiradi.
Hammamiz – shu erda yig'ilganlar va butun mamlakat 2026 yilga katta umidlar bilan qarayapmiz.
Venesuela boshqaruviga kelganimda aytganimdek, murabbiylar shtabining umidi yuqori va o'zining ilk Jahon chempionatida ishtirok etishni xohlayotgan mamlakat darajasiga mos bo'lishga harakat qilamiz.
To'g'risi, ko'p ishlashimiz kerak, xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Lekin mening va butun murabbiylar shtabining futbolchilar, rahbariyat, mamlakat va venesuelalik muxlislar oldidagi masuliyati yuz foiz, eng yuqori darajada. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilib, xalqqa quvonch ulashishga intilamiz", – dedi Viskarrondo.

Etiborga molik yangiliklardan biri – terma jamoa sardori va tarixidagi eng yaxshi to'purari Salomon Rondonning tarkibga kiritilishi bo'ldi.
Faxriy o'yinchilar borasidagi odatiy bahs-munozaralarga qaramay, Viskarrondo hujumchining klublaridagi so'nggi o'yinlarini yaqindan kuzatganini va u ayni paytda jismoniy tomondan ajoyib holatda ekanligini ishonch bilan aytdi. Murabbiy mart oyidagi yig'inda jamoani kutib turgan yangi chorlovda o'z hissasini qo'shishda davom etish istagini bildirgan Rondonning fidoyiligini yuqori baholadi.

Murabbiylar shtabi Yanxel Errera va Dani Pereyra mushak jarohatlari tufayli safdan chiqqanini, bu esa yarim himoyadagi taktik chizmani qayta ko'rib chiqishga majbur qilishini tasdiqladi. Ushbu tibbiy yo'qotishlarga Ender Echenike va Anxel Asuaxe ham qo'shildi – hujjatlar bilan bog'liq muammolar ularning o'rtoqlik o'yinlariga etib borishiga to'sqinlik qildi va natijada ular ham qaydnomadan chiqarildi.
Eslatib o'tamiz, Venesuela 27 mart kuni Trinidad va Tobago, 30 mart kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq Per-Emerik Obameyang O'zbekistondagi bellashuvlar uchun rasmiy chaqiruv olgani, biroq taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar