Obameyang O'zbekistonga qarshi o'ynashi mumkin edi, biroq...
23 mar 17:40
Yangiliklar
Obameyang O'zbekistonga qarshi o'ynashi mumkin edi, biroq...
Gabon terma jamoasi FIFA kunlarida Toshkent mezbonlik qiladigan FIFA Series turnirida ishtirok etadi.
Jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi Aniset Yala musobaqada ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Biroq ro'yxatda ko'pgina etakchilar yo'q.
Afrika kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng malum muddat chetlatilgan terma jamoa etakchisi Per-Emerik Obameyang O'zbekistondagi bellashuvlar uchun rasmiy chaqiruv olgan, biroq taklifni rad etgan va etiborini klubga qaratishga qaror qilgan.
Qolaversa, FIFA mazkur turnir uchun tarkib tanlashda Afrika kubogi uchun kengaytirilgan 55 nafar futbolchilar ichidan tanlov qilishi kerakligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Gabon ilk uchrashuvini O'zbekistonga qarshi o'tkazadi. O'yin 27 mart kuni 19:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar