So’nggi yangiliklar

23:25Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!  42 22:57Тудор АПЛдаги шармандали мағлубиятдан сўнг матбуот анжуманига кирмади  0 22:31"Яйпан" Қирғизистон клуби билан ўйнади. Икки жамоа икки хил натижа эълон қилди  1 21:55"Тоттенхэм" АПЛда ўтган йилдан буён ғалаба қозона олмаяпти  1 21:34АПЛ. "Тоттенхэм" "Ноттингем"га йирик ҳисобда енгилди, "Астон Вилла" ғалаба қозонди  0 21:09"Ғазалкент" назорат ўйинида "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 20:50Флик Гвардиоланинг рекордини такрорлади  2 20:33Лига кубоги финали. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов бошланғич таркибда  16 20:01ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди  68 20:00Ника Качарава: "Суперлигадаги футболчилар жисмоний жиҳатдан кучли экан"  2 19:49Ўзбекистон кубоги. 1-босқичдан кейин мураббийларнинг фикрлари  0 19:31Ўзбекистон миллий терма жамоаси Тошкентда ўқув-машғулот йиғинини бошлади  0 19:10АПЛ. "Ньюкасл" тезкор гол уриб ҳам мағлубиятга учради  1 18:55А Серия. "Комо" кетма-кет бешинчи ғалабасини қайд этди  3 18:45Агар футболчи термада жароҳат олса, ФИФА клубларга қандай ва қанча тўлайди?  0

Angliya Liga kubogi. "Manchester Siti" "Arsenal"ni mag'lub etdi, Husanov Angliyadagi ilk sovrinini yutdi! Yangiliklar

Angliya Liga kubogi. "Manchester Siti" "Arsenal"ni mag'lub etdi, Husanov Angliyadagi ilk sovrinini yutdi!

Angliya liga kubogi finali uchrashuvi yakunlandi.

"Arsenal" – "Manchester Siti" 0:2

Gollar: 60, 64 - Niko O'Rayli

"Arsenal": 13. Kepa Arrisabalaga, 4. Ben Uayt (9. Gabriel Jezus, 82'), 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 5. Pero Inkape (33. Rikkardo Kalafori, 65'), 36. Martin Subimendi, 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 82'), 7. Bukayo Saka, 14. Viktor Yokeresh, 29. Kay Xaverc (20. Noni Madueke, 65').

Zaxira: 1. David Rayya, 3. Kristyan Moskera, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 16. Kristian Nyorgor, 56. Maks Doumen.

"Manchester Siti": 1. Jeyms Trafford, 27. Mateus Nunes, 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Rayli, 6. Natan Ake, 20. Bernardu Silva, 16. Rodri, 11. Jeremi Doku, 10. Rayan Sherki (47. Fil Foden, 90+1'), 9. Erling Holand, 42. Antuan Semeno.

Zaxira: 25. Janluiji Donnarumma, 5. Jon Stounz, 21. Rayan Ait-Nuri, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush, 8. Mateo Kovachich, 14. Niko Gonsales, 26. Savio.

Ogohlantirishlar: 16 - Pero Inkape, 32 - Abduqodir Husanov, 51 - Kepa Arrisabalaga. 69 - Ben Uayt


90+4. O'yin yakunlandi! Abduqodir Husanov "Man Siti" safidagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Doku uzoqdan kuchli zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

88. Zo'r vaziyat londonliklarda, darvoza to'sini qaytarib qoldi...

84. "Arsenal" yana o'zgarishlar qildi, himoyachini olib tashlab, hujumchini jangga tashladi Arteta.

78. Yana zarba Kalaforidan! To'p darvoza ustiniga tegib maydondan chiqib ketdi... 

77. "To'pchilar" faollashdi, hujumga yo'l izlashmoqda.

73. Raysning uzatmasidan so'ng Kalafori to'pni darvozaga yo'lladi, Trafford o'z o'rnida!

72. Madueke yaxshi kirishib ketdi o'yinga, jarima zarbasi ishlab oldi.

65. Bilasizmi, "Siti" shundoq ham tashabbusni qo'liga olib bo'lgandi. "Arsenal" esa birinchi goldan keyin o'zgarishlar tayyorlayotgandi. Endi nima qiladi ular?

64. GOL! O'Raylidan dubl! Bu safar ham o'ngdan hujum, bu safar ham bosh bilan! Rodri Nuneshni oldinga boshladi, uning havolatib uzatgan to'pini Niko darvozaga joylab qo'ydi!

61. O'zi golning hidi kelib qolgandida. Buyog'iga temp yuqori bo'lishi aniq, Arteta o'z ustoziga yutqazishni istamasligi aniq!

60. GOL! Kepa "Man Siti"ga gol "sovg'a qildi"!  Sherki o'ngdan havolatib to'pni uzatdi, Arrisabalaga to'pgi ushlab olmoqchi edi, biroq to'pni chiqarib yubordi, O'Rayli esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

59. Saliba va Gabriel zo'r o'ynayapti. Holand katta tezlikda oldinga o'tayotganda Salibani aldamoqchi bo'ldi, ammo Vilyam to'pni hujumchidan "ilib oldi".

58. Sherki yaxshi nuqtadan tepdi va yana "Arsenal" himoyachilari qaytarmoqda! Kepaga ish qolmayapti bugun...

57. Semenodan zarba yana va bu safar ham noaniq.

55. "Man Siti" hujumda, dastlab Doku havolatib to'pni Holandga uzatdi, Erlinggacha to'p kelmadi, ikkinchi tempda davom etdi, Rodri darvoza tomon zarba berdi, bu safar ham "Arsenal" himoyachilari qaytardi.

52. Semenoning jarima zarbasidan tepgan to'pi juda noaniq bo'ldi.

50. Doku o'ziga uzatilgan to'pga intilib yurish qildi, darvozadan Kepa chiqib keldi, jarima maydonchasi tashqarisida bo'lgani uchun u Jeremini tortib qoldi va jarima zarbasi belgilandi. Kepaga esa sariq!

48. Sherki himoyachilardan o'tkazib to'pni Holandga uzatdi, ammo norvegiyalik hujumchiga imkoniyat berishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 39% - 61%

Jami zarbalar - 5 - 2

Aniq zarbalar - 3 - 0

Burchak zarbalar - 2 - 3

Uzatmalar aniqligi - 73% - 89%

Seyvlar - 0 - 3

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Semeno havolatib to'pni Holandga uzatdi, Erlingning zarbasi esa noaniq bo'ldi...

43. Doku katta tezlikda oldinga yurish qildi, Saliba esa xavfni bartaraf etdi.

38. Inkapening bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

33. "Siti" himoyachilariga bugun oson bo'lmayapti, "to'pchilar" hujumchilari faol ancha.

32. Abduqodir Husanov Yokereshga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi.

26. "Man Siti" nihoyat oldinga o'tmoqda. Semeno yurish qildi, himoyachilar qaytardi.

19. O'yin "qizimoq"da, yakka kurashlar ko'p. Lekin "Arsenal"ning xavfli vaziyatidan boshqa aytarli holat ko'rmadik.

13. Trossardan zarbasi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi. "Arsenal"da burchak zarbasi...

11. Takidlash lozim, hozircha "kanonirlar" ustunlikka ega bo'lib turibdi.

7. Zo'r vaziyat "Arsenal"da! Dastlab, Xavercning zarbasini Jeyms qaytardi, undan so'ng yana ikki zarba berildi va bular ham bartaraf etildi!

5. Yokeresh tezlikda oldinga o'tdi, o'tkir burchakdan to'pni markazroqqa uzatdi, Husanov qaytarib yubordi.

2. O'yin kurashlar bilan boshlandi. Ikki jamoa ham markazda faol.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya liga kubogi finali - "Arsenal" – "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Reyting: +9   

Fikrlar

+1   
22 mar 22:29:37
Islombek Mosayev
Uzb kanallarida xich qaysi obermayabdimi akalar kimmi xabari bor
   
22 mar 23:30:34
Anton Uz
Xixixi Arsenalni joyini kursatib quydi. Umuman uyin bermadi...
   
22 mar 23:30:18
Alexis Dan
Хусанов чеккада юрибди эээ, курсатинглар
   
22 mar 23:29:53
Murza
Siti yirtib quydi gap yuq Abduqodir uchun hursanmiz lekin Arteta pep oldida hali ancha qovunligi bilindi keyingi uyinlarga taʼsir qilmasa buldi tabrik siti muxlislariga bu yoʻqolib qolgan uyin bilan chempionatni kemada buldi
   
22 mar 23:27:58
Islombek Mosayev
Arsenal Kòt tomiri tortishni boshladi Mavsum yakuniga yaqin kòti qichiydi qanjiqlar Husanov un Hirsandman lekin Arsenal muxlisimanda bla sovrinla yutishi kere Bizi clubxam asabga tegorme
   
22 mar 23:27:03
Bek Bek
Ilk Sovrin Muborak bo'lsin, Nasib Qilsa APL chempioni ham bo'ladi. Abduqodir Tarix yaratdi )) APL da sovrin yutgan Ilk futbolchi, Bardavom bolsin
   
22 mar 23:26:48
Arsen Venger !!!
Ман сити мухлислари ва Абдукодир Хусановни соврин билан табриклеман. Куллуг булсин Абдукодир.
   
22 mar 23:26:39
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Спорт ва Футбол каналларида олиб бермаяпти, унда бу каналлар нимага керак. Ўлиб кет мурдашов, баттар бўл.
Биатлон чемпианатларини жонли олиб бериш ва аёллар таглигини реклама килиш учун керак...
   
22 mar 23:26:11
kholmurzaev
TABRIKLAYMAN, AK45
   
22 mar 23:24:21
Alexis Dan
Хусанов ва СИТИга табриклар! Биринчи халкаро кубок Хусанов учун!
   
22 mar 23:24:20
QURBONBEK MURODJONOV
Man citi galaba bilan tabrikliman omad bugun artetani taktika tanlashi oziga minus boldi oyin nol boldi bugun arsenalda yozda jamoani tozalaw kere maydon markazini berib qoydi arsenal
   
22 mar 23:08:24
Islombek Mosayev
Artetajon Arteta jinnimisan Arteta Kepa òrniga Rayani Madueke òrniga Sakani Ezeni Yoki Edegorlarni tashlamesammi Pidaraz optimal sostav bilan òyna sukalar finalku pizdes asabni buzadi Arsenal Finallarda
   
22 mar 23:03:51
Alexis Dan
Холланд билан Семеньони алмаштириш керак, урнига Мармуш билан Савиньо
   
22 mar 23:02:57
Arsen Venger !!!
Эссиз Арсенал финалларда омадсиз клуб, Райя ни туширмесанми Артета. Бу совринли уйин булса
   
22 mar 23:02:06
Alexis Dan
Орайли йук жойлардан уриб кетадиган болада химояда 0 булса хам...лекин Матеуш Нунеш зур уйнаяпти 2чи булимда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика