Saliba jarohat oldi – Franciya terma jamoasida uning o'rnini APLdagi boshqa bir futbolchi egallaydi
23 mar 18:32
Yangiliklar
Saliba jarohat oldi – Franciya terma jamoasida uning o'rnini APLdagi boshqa bir futbolchi egallaydi
"Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba Franciya terma jamoasi safida bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
24 yoshli futbolchi yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi Liga Kubogi finalida maydonga tushdi va u "kanonirlar"ning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
O'yindan so'ng francuz futbolchisi to'pig'idan jarohat olgani va terma jamoa yig'iniga bormasligi elon qilindi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi. "Arsenal" yulduzining "uch ranglilar" tarkibidagi o'rnini ilgari terma jamoada o'ynamagan "Kristal Pelas" futbolchisi Maksans Lakrua egallaydi.
Franciyaliklar Braziliya (26 mart) va Kolumbiya (29 mart) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar