Arbeloaning muvaffaqiyat siri: Gvardiola, Mourino va Simeone ustidan g'alabalar haqida
23 mar 21:20
Yangiliklar
Arbeloaning muvaffaqiyat siri: Gvardiola, Mourino va Simeone ustidan g'alabalar haqida
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa nomdor murabbiylarga qarshi bahslardagi g'alabalariga izoh berdi.
"Bu mening jamoam naqadar fantastik ekanidan dalolat beradi. Qo'l ostingizda o'z ishiga sodiq eng yaxshi futbolchilar bo'lsa, hammasi ancha osonlashadi. Ular kerak paytda chidashni va haqiqiy jamoa bo'lishni biladilar", — dedi Arbeloa.
Shuningdek, murabbiy "Santyago Bernabeu" stadionidagi muhitni ham alohida takidlab o'tdi: "Bernabeu" bizni borgan sari ko'proq qo'llab-quvvatlayotganidan xursandman. Muxlislar bosim o'tkazishni boshlasa, maydon go'yoki biz tomonga og'ib qolgandek tuyuladi".
Arbeloa o'z futbolchilarini ahil oila bo'lishga va do'stlik kuchini ko'rsatishga chaqirdi, chunki g'alaba qozonishda eng muhimi shu ekanini aytgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar