Doston Hamdamov: "Imkoniyatdan foydalanib, mundialga borishga harakat qilaman"
23 mar 19:06
Yangiliklar
Doston Hamdamov: "Imkoniyatdan foydalanib, mundialga borishga harakat qilaman"
"Paxtakor" va MTJ azosi Doston Hamdamov terma jamoaning bugungi mashg'ulotida jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Terma jamoamiz bugun yig'ildi va mashg'ulotlarni boshlab oldik. Tanaffusdan so'ng yana terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Kannavaro menga imkoniyat berdi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, mundialga borishga harakat qilaman.
Ikki raqibimiz ham ancha jiddiy. Umid qilamanki, ularga qarshi yaxshi o'yin o'tkazamiz. Raqiblarni o'rganib chiqib, yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", – deya fikr bildirdi 29 yoshli futbolchi.

- Ketma-ket ikkinchi yig'inga jalb etildingiz. Shu vaqt oralig'ida Kannavaro bilan yuzma-yuz suhbat qildingizmi?
- Yo'q, hali o'zaro gaplashmadik. Balki endi suhbat bo'lar.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar