La Liga. Gollarga boy o'tgan Madrid derbisida "Real" "Atletiko"ni mag'lub etdi
23 mar 02:55
Yangiliklar
La Liga. Gollarga boy o'tgan Madrid derbisida "Real" "Atletiko"ni mag'lub etdi
La Liga. "Real Madrid" – "Atletiko Madrid" 3:2
Gollar: 33 - Ademola Lukman, 52, 72 - Vinisius Junior, 55 - Federiko Valverde, 66 - Nauel Molina
"Real Madrid": 13. Andrey Lunin, 2. Daniel Karvaxal (12. Trent Aleksander-Arnold, 64'), 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni, 24. Din Xyoysen, 20. Fransisko Garsiya, 45. Tyago Pitarch (10. Kilian Mbappe, 63'), 8. Federiko Valverde, 7. Vinisius Junior (18. Alvaro Fernandes, 87'), 15. Arda Gyuler (5. Jud Bellingem, 74'), 21. Braim Dias (6. Eduardu Kamavinga, 74').
Zaxira: 26. Fran Gonsales, 43. Serxio Mestre, 4. David Alaba, 27. Diego Aguado, 30. Franko Mastantuono, 37. Manuel Moran, 16. Gonsalo Garsiya.
"Atletiko Madrid": 1. Xuan Musso, 24. Roben Le Norman (2. Xose Ximenes, 46'), 17. David Gancko, 3. Matteo Rujeri, 6. Koke, 14. Markos Lorente, 5. Jonni Kardozo (23. Nikolas Gonsales, 57'), 20. Juliano Simeone (10. Aleks Baena, 71'), 22. Ademola Lukman (16. Nauel Molina, 57'), 19. Xulian Alvares, 7. Antuan Grizmann (9. Aleksandr Syorlot, 57').
Zaxira: 31. Salvi Eskivel, 33. Mario de Luis, 15. Kleman Langle, 34. Xulio Dias, 11. Tyago Almada, 21. Obed Vargas.
Ogohlantirishlar: 27 - Jonni Kardozo, 36 - Matteo Rujeri, 61 - David Gancko, 63 - Tyago Pitarch, 68 - Markos Lorente
Chetlatish: 77 - Federiko Valverde
90+6. O'yin yakunlandi!
90+6. Baenaning uzoqdan tepgan to'pini Lunin ushladi!
90+3. Syorlot boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi, Lunin ushlab oldi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
83. Trent burchakka yaqin jarima zarbasidan to'pni darvozaga tepdi, Musso qaytardi!
81. Ximenesdan kuchli zarba! To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
79. Yo'q, VARda ko'rilmabdi, o'yin davom etadi, qizil kuchida qoldi.
78. Stop, holat VARda ko'rilmoqda.
77. Dahshat! Valverdega qizil kartochka ko'rsatildi!
74. Bellingem jarohatdan keyin ilk bor maydonga tushdi.
73. Zo'r futbol ko'ryapmiz, do'stlar. Temp yuqori, gollar chiroyli.

72. GOL! Vinisiusdan dubl! Braziliyalik jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va ajoyib gol urdi!
67. Hisob yana tenglashdi, bu safar zaxiradan tushgan yangi kuchlar bor.

66. GOL! Molinadan super gol! Nauelning qariyb 25 metrlardan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi!
66. Uchrashuvni stadiondan turib 77 964 nafar muxlis kuzatib bormoqda ekan.
65. Xuliandan navbatdagi zarba, bu safar noaniq bo'ldi.
62. Valverdening erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, biroq kuchsiz.
60. Alvaresning zarbasini Lunin ushlab oldi.
60. Lunin to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, to'p "Atletiko" futbolchiga kelib tushgan pallada Chuameni orqadan kelib, xavfli vaziyat bo'lishining oldini oldi.
58. Mehmonlar o'zgarishlardan so'ng oldinga yurish qilmoqda.
56. Qoyil "Real"ga, to'rt daqiqada ikkita gol urdi, "Atletiko" endi etiborni ko'proq hujumga bersa kerak.

55. GOL! Valverde hisobni oshirdi! "Atletiko"dan bitta xato, Fede to'pni olib qo'ydi va darvozani ishg'ol qildi.
53. Barchasi yana qaytadan boshlanadimi yoki jamoalar bir ochkoga rozimikin?

52. GOL! Vinisius penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi!
50. Penalti "Atletiko" darvozasiga! Braim Dias yiqitildi, bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 65% - 35%
Darvoza tomon zarbalar - 10 - 5
Aniq zarbalar - 5 - 3
Burchak zarbalar - 3 - 0
Uzatmalar aniqligi - 94% - 92%
Seyvlar - 0 - 3
45+2. Bo'lim yakunlandi, 0:1, "Atletiko" oldinda.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Gyulerning kuchli zarbasi aniq bo'ldi, Musso qaytarib yubordi.
42. Chuamenining bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi...
37. Maydon egalari bir nechta yaxshi hujumlarni amalga oshirdi, ammo "Atletiko" himoyasi hozircha yaxshi o'ynamoqda.
34. "Real" jazolandi, endi bahs yanada qiziydigan bo'lyapti.

33. GOL! Lukman hisobni ochdi! Ademola o'zi sheriginii oldinga boshladi, Simeone to'pni qaytardi va Lukman qulay vaziyatda gol urdi!
33. Fede jarima maydonchasiga kirib borib to'pni markazga uzatdi, biroq to'pni shunchaki bo'sh darvozaga kiritib qo'yadigan futbolchi yo'q...
29. Valverde jarima zarbasidan erlatib to'pni tepdi, Musso ushlab oldi.
24. Navbatdagi zarba bo'ldi Vinidan, bu safargisi anchagina noaniq ekan.
22. Chuamenining zarbasi Kokega tegib maydonni tark etdi.
20. Yuqori temp bilan boshlangan o'yin biroz sokinlashdi.
14. Arda Gyulerning sapchitib tepgan zarbasi noaniq bo'ldi...
9. Dahshat vaziyat Lorentedan! Qulay vaziyatdan zarba berdi, Lunin ushlab oldi!
8. Valverde xuddi "Siti"ga urgan golini eslatuvchi harakatlari bilan oldinga o'tib, zarba berdi, darvoza ustuni qaytarmoqda!!!
2. Dastlabki daqiqalardan mehmonlar faol.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alayku qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya chempionati 29-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar